Oferta

(«Milliy» mobil ilovasi orqali «Onlayn kredit»dan foydalanish boʼyicha)

Ushbu xujjat «Oʼzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» aktsiyadorlik jamiyati (keyingi oʼrinlarda–Bank)ning karta egalari boʼlgan jismoniy shaxslar (keyingi oʼrinlarda-Qarz oluvchi)ga «Milliy» mobil ilovasidan foydalangan holda Onlayn kredit ajratish boʼyicha xizmatlarni koʼrsatish maqsadida shartnomani imzolash uchun rasmiy taklifi (oferta)dir.

Аtamalar va taʼriflar

“Milliy” mobil ilovasi – foydalanuvchiga hizmat koʼrsatuvchilarga onlayn rejimda haq toʼlash, oʼz plastik kartalari boshqarish va boshqa amallarni bajarish imkoniyatini beruvchi mobil qurilmalar uchun moʼljallangan dasturiy taʼminot;

Onlayn kredit – Bank tomonidan jismoniy shaxslarga naqd pulsiz shaklda bank kartasiga oʼtkazish yoʼli bilan, shuningdek bank karta saqlovchisiga isteʼmol ehtiyojini qondirish uchun bank kartasi hisobvaragʼidagi qoldiq mablagʼdan ortiq miqdordagi mablagʼni oʼrnatilgan limit doirasida ishlatish huquqini beruvchi kredit xizmati turi;

Oferta – Bank tomonidan tasdiqlangan va mobil ilova orqali elektron shaklda eʼlon qilingan Onlayn kredit boʼyicha shartnoma tuzishni taklif qiluvchi xujjat;

Аktsept – Ofertani toʼliq va shartsiz qabul qilish. Ofertani qabul qilish shartnoma tuzilishini taʼminlaydi va yuridik kuchga ega boʼladi;

Shartnoma – Qarz oluvchi va Bank oʼrtasida Onlayn kreditni masofadan turib olish boʼyicha hizmatlarni taqdim etish toʼgʼrisida Ofertani qabul qilish orqali tuzilgan shartnoma;

I. Shartnoma predmeti

1.1. Bank tomonidan ish haqi loyihasi doirasida emissiya qilingan plastik kartasi egasiga Bankning rasmiy veb sahifasi va “Milliy” mobil ilova orqali Onlayn kredit taqdim etiladi. Qarz oluvchi ushbu Ofertada koʼrsatilgan tartibda Onlayn kredit va unga hisoblangan foizlarni toʼliq qaytaradi.

1.2. Onlayn kredit Qarz oluvchining bank kartasiga kelib tushgan kundan yoki bank kartasiga oʼrnatilgan limit doirasida ishlatilgandan boshlab ajratilgan hisoblanadi.

II. Ofertaning umumiy shartlari

2.1. Ushbu Ofertani qabul qilgan Qarz oluvchi:

- “Milliy” mobil ilovasining “Kredit ajratish shartlari” boʼlimida keltirilgan barcha shartlar va maʼlumotlar bilan tanishishini;

- oʼzi haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilmasdan Onlayn kredit olishning iloji yoʼqligini tushunishi va Bankka kerakli boʼlgan barcha elektron maʼlumotlarni taqdim etishini;

- hujjatlar elektron shaklda taqdim etilishi va hujjatlarni bunday shaklda taqdim etilishi Qarz oluvchiga maqbulligini;

- Qarz oluvchi mustaqil ravishda mobil qurilmasi orqali “Milliy” mobil ilovasidan foydalanishi, mobil ilova va uning akkaunti orqali bajarilgan barcha amallar u tomonidan bajarilgan deb hisoblanishini;

- taklif etilgan Ofertaning barcha shartlarini ihtiyoriy tarzda va ongli ravishda tushunib tasdiqlaydi.

III. Shartnomani aktseptlash tartibi

3.1. Ushbu shartnomaga asosan aktsept mijozning roziligi boʼlgan elektron shaklda amalga oshiriladi.

3.2. Qarz oluvchi Bankning rasmiy veb sahifasi va “Milliy” mobil ilovasi orqali Onlayn kreditdan foydalanishni maʼqullagan vaqtdan boshlab qabul qilingan hisoblanadi.

IV. Аktseptni qabul qilinganligini tasdiqlash tartibi

4.1. Аktsept qabul qilingandan soʼng, Bank Qarz oluvchiga aktseptni qabul qilinganligi toʼgʼrisida habar yuboradi.

V. Onlayn kredit shartlari

5.1. Onlayn kreditning umumiy shartlari Bankning https://nbu.uz/ rasmiy veb sahifasida eʼlon qilinadi.

5.2. Onlayn kredit Bankning skoring modeliga muvofiq Qarz oluvchining kreditga layoqatliligi va toʼlov qobiliyati tekshirilgandan soʼng beriladi.

5.3. Qarz oluvchining kreditga layoqatliligi va toʼlov qobiliyati uning Bankka taqdim etgan shaxsiy maʼlumotlari asosida kredit tarixi, bank kartalari xarakati tahlili va boshqa moliyaviy koʼrsatkichlar orqali aniqlanadi.

5.4. Kreditga layoqatlilik tahlilining natijalariga koʼra Qarz oluvchiga Onlayn krediti ajratiladi yoki kredit ajratishni rad etish toʼgʼrisida mobil ilova orqali habar qilinadi.

5.5. Qarz oluvchi tomonidan ushbu shartnoma boʼyicha majburiyatlar tegishlicha bajarilishini taʼminlash maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 783-moddasiga muvofiq, Bankka kredit qarzlarini soʼndirish boʼyicha Qarz oluvchining Bankdagi har qanday hisobvaraqlaridan har qanday valyutadagi pul mablagʼlarini chiqarib olish borasida hech qanday shart qoʼyilmaydigan va qaytarib olinmaydigan huquq/farmoyish taqdim etadi.

5.6. Ushbu shartnomaga muvofiq, Onlayn kredit toʼlovi Qarz oluvchining bank kartasiga oʼtkazilgan ish haqi, pensiya va taʼqiqlanmagan boshqa mablagʼlar hisobidan va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa usullar orqali amalga oshirilishi mumkin.

VI. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

6.1 Qarz oluvchining huquqlari:

6.1.1. Bankning Onlayn kreditlar ajratish tartibi bilan tanishib chiqish, ajratilgan kredit va tasdiqlangan limit doirasida mablagʼlardan foydalanish;

6.1.2. Kredit va unga hisoblangan foiz toʼlovlarini bank kartasiga mablagʼ kiritish orqali amalga oshirish;

6.1.3. Kredit shartnomasi imzolanganidan keyin, biroq pul mablagʼlari haqiqatda olingunga qadar kredit olishdan biron-bir toʼlovlarsiz voz kechish;

6.1.4. Kredit qarzdorligini shartnomada belgilangan muddatlardan avval qisman yoki toʼliq qaytarish.

6.2. Qarz oluvchining majburiyatlari:

6.2.1. Ushbu Oferta talablarini bajarish;

6.2.2. Kredit ajratilganidan boshlab har oyda, kredit boʼyicha navbatdagi toʼlovlarni Bankda Qarz oluvchi nomiga ochilgan plastik karta hisobvaragʼiga oldindan, asosiy qarz va foizlar boʼyicha navbatdagi toʼlov muddati kelgunicha kiritib borish;

6.2.3. Turar joyi, ish joyi, xizmat koʼrsatuvchi banki, ish haqi kartasining rekvizitlari, familiyasi yoki ismi oʼzgarishi kutilayotgani, shuningdek mazkur shartnoma boʼyicha majburiyatlar bajarilishiga salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkin boʼlgan boshqa holatlar toʼgʼrisida koʼpi bilan 3 kun ichida Bankka xabar berish.

6.3. Bankning huquqlari:

6.3.1. Qarz oluvchining toʼlov layoqatini, kredit taʼminoti yetarliligini nazorat qilish, Qarz oluvchidan majburiyatlarni bajarish yuzasidan kerakli hujjatlarni soʼrab olish;

6.3.2. Onlayn kreditning navbatdagi qismi oʼz vaqtida soʼndirilmagan hollarda:

а) Onlayn kredit (yoki uning bir qismi) muddati oʼtgan toʼlovlar hisobvaragʼiga kiritilgan sanadan boshlab kredit uchun haqni oshirilgan foiz stavkasi boʼyicha, kredit xizmati asosiy stavkasining ikki barobari miqdorida belgilash;

b) Qarz oluvchidan Onlayn kreditni (kredit boʼyicha qarz qoldigʼini) muddatidan oldin qaytarish va foizlarni toʼlash yuzasidan darhol choralar koʼrishini talab qilish;

c) Qarz oluvchiga bank kartasi chiqarish, aktivlashtirish, qayta chiqarish yoki blokdan chiqarish shuningdek, kredit limitini (kredit limiti ochilgandan soʼng kredit boʼyicha yuzaga kelgan muddati oʼtgan qarzdorliklar 3 oy davomida belgilangan muddatlarda soʼndirmagan taqdirda limitdan foydalanishni) bekor qilish;

d) ushbu shartnomani belgilangan tartibda bekor qilish va qonunchilikda belgilangan choralar koʼrish.

6.3.3. Qarz oluvchi tomonidan ushbu Oferta shartlarining bajarilishini nazorat qilish.

6.4. Bankning majburiyatlari:

6.4.1. «Milliy» mobil ilovasini uzluksiz ishlashini taʼminlash;

6.4.2. Ushbu oferta shartlari asosida Qarz oluvchiga Onlayn kredit ajratish;

6.4.3. Qarz oluvchini Onlayn kreditni muddatidan oldin undirishga qaratish sabablari toʼgʼrisida yozma xabardor qilish.

VII. Tomonlarning javobgarligi

7.1. Tomonlar ushbu shartnomada koʼzda tutilgan oʼz majburiyatlarni bajarmaganligi va lozim darajada bajarmaganligi uchun Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar boʼladilar.

7.2. Kredit boʼyicha qarzdorlikni belgilangan muddatda toʼlamaganligi va ular boʼyicha muddati oʼtgan summalar vujudga kelgani uchun Qarz oluvchi Bankka kechiktirilgan toʼlovlarning har bir kuni uchun kechiktirilgan toʼlov summasining 0,1 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʼlov summasining 10 foizidan oshmagan miqdorda penya toʼlaydi.

7.3. Qarz oluvchi tomonidan ushbu shartnomaning shartlari bajarilib, bank kreditni oʼz vaqtida ajratmagan holatda Bank Qarz oluvchiga muddatida toʼlanmagan kredit summasining kechiktirilgan har bir kuni uchun 0,1 foiz miqdorida, lekin muddatida toʼlanmagan kredit summasining 10 foizidan yuqori boʼlmagan miqdorda penya toʼlaydi.

7.4. Tomonlar tarafidan oʼz majburiyalarini bajarmasliklari yoki lozim darajada bajarmasliklari yengib boʼlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʼlmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli kelib chiqqan hollarda tomonlar javobgarlikdan ozod etiladi.

VIII. Maʼlumotlarning oshkor qilish tartibi

8.1. Qarz oluvchi shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlanishiga, foydalanishga shuningdek, ushbu Oferta boʼyicha maʼlumotlarni Kredit byurosiga va agar kerak boʼlsa sugʼurta kompaniyasiga taqdim etilishiga rozilik beradi.

8.2. Bank oʼz majburiyatlarini bajarish uchun ushbu Oferta doirasida barcha zarur maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga berishga haqlidir.

IX. Shartnomaning bekor boʼlishi shartlari

9.1. Shartnoma tomonlar shartnoma shartlarini toʼliq bajarganlaridan keyin bekor qilingan deb hisoblanadi.

9.2. Shartnomaning amal qilish muddatining tugashi Qarz oluvchini oʼz majburiyatlarini bajarishdan yoki ushbu Oferta shartlarni bajarishdan ozod qilmaydi.

X. Nizolarni hal qilish tartibi

10.1. Nizolarni hal qilish tartibi

10.2. Аgar tomonlar kelisha olmasalar, nizolar javobgarning manzili boʼyicha hududdagi Fuqarolik sudlarida hal qilinadi.

XI. Ofertaning boshqa shartlari

11.1. Xujjatlar elektron koʼrinishda bankning maʼlumotlar bazasida saqlanadi.

11.2. Ushbu Oferta boʼyicha barcha habarnomalar tomonlarga manziliga yoki habarnoma joʼnatish manzili sifatida belgilangan mobil telefon raqamiga joʼnatish orqali amalga oshiriladi.